“Kecha reklama berdik, savdo qani?” — bu savol Markaziy Osiyodagi deyarli har bir yirik kompaniya (SaaS, FinTech, HoReCa) CMO’si yoki agentligi uchun tanish og‘riqli nuqta.
Brend xabardorligini oshirish uchun katta mablag‘ sarflanadi (yirik bilbordlar, OOH, PR, ijtimoiy tarmoqlar), ammo rahbariyat ko‘pincha Brend xabardorligi kampaniyalarini darhol ROAS yoki savdo bilan o‘lchashga urinadi. Natijada:
→ marketing byudjeti noto‘g‘ri baholanadi
→ “marketing ishlamayapti” degan xulosa chiqariladi
→ agentlikdan norozilik paydo bo‘ladi
Asl muammo shundaki, brend xabardorligi (Awareness) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv (Performance) marketing voronkasining mutlaqo boshqa bosqichlariga xizmat qiladi. Ularni bir xil mezon bilan o‘lchash — urug‘ni ekib, ertasi kuni hosil kutish bilan barobar.